top of page

Berry 빛베리 O'zbekcha Gapirdi?

Ushbu kontentda TUSHINSA o'zining ochilmagan qirralarini kashf qilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Ya'ni Koreyadagi mashxur shaxslar bilan "collaboration" qilish qobiliyatini va fikrlar jamlanmasini ommaga test o'laroq taqdim etdi. Ushbu kontentda, Koreyaga mashxur bo'lgan Model, Twitcher, Youtuber, Blogger va TikToker, Berry 빛베리 TUSHINSA bilan birgalikda hamkor ishladi. Albatta, ommaga chuqur va katta tomoshabinni jalb qiladigan tarzda kontent qo'yilmadi, chunki u tarzdagi kontentlar kelajak uchun olib qo'yildi. Bu kontentda eng muhimi, TUSHINSA o'zining Koreyadagi o'rnini oshkor qildi va o'zining ichki networking ni obunachilari bilan bo'lishdi. Eslatib o'tamiz, bu kabi kollaboratsiyalar umuman O'zbek kontent yaratuvchilari tomonidan hali amalga oshirilmagan, aynan TUSHINSA tomonidan boshlab berildi va bu trend katta ehtimol bilan TUSHINSA tomonidan davom ettiriladi. Ushbu loyiha, birgina Instagram ijtimoiy tarmog'ining o'zida 378K+ marta tomosha qilingan. Bu shunchaki hali boshlanishi. Ushbu blog post ni o'qish uchun sarflagan vaqtingiz uchun katta rahmat.

​

​

Ushbu tugmani bosish orqali loyihani ko'rishingiz mumkin ------>

​

bottom of page